Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, AQŞ öz ittifoqçilari bilan Suriyadagi harbiy va fuqarolik obektlariga BMT Xavfsizlik Kengaşi sanksiyasisiz aviazarbalar berib, BMT nizomi va xalqaro huquq normalarini buzdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Ön törtinçi aprel kuni AQŞ öz ittifoqçilari kömagida Suriya Arab Respublikasining qurolli kuçlari va fuqarolik infratuzilmasi obektlariga raketa zarbalarini berdi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşining sanksiyasisiz, BMT Nizomini buzgan holda, xalqaro huquq normalari va prinsiplariga zid ravişda suveren davlatga qarşi tajovuzkorlik akti yuz berdi, Suriya esa terrorizm bilan kuraşda eng oldingi örinlarda turibdi», - deya ma'lum qilgan Putin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriya hududiga qarata 100dan ortiq qanotli raketa va «havo-yer» sinfidagi raketalarni uçirgani haqida xabar bergandi.