AQŞ özining «qölga örgatilgan terrorçilari»ga Suriyadagi qonuniy hukumat va öz xalqiga qarşi kuraşişni bas qilişga buyruq berib, 24 soat içida Suriyadagi uruşni töxtatişi mumkin, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya. Bu haqda RIA Novosti yozadi. 

Rossiya vakili bu sözlarni BMT Xavfsizlik kengaşidagi çiqişi vaqtida aytgan.

Nebenzyaning qayd etişiça, ittifoqçilarning terrorçilarga qarşi operatsiyalar olib boriladigan Suriyadagi aerodromlarga zarbasi «gumanitar ritorika bilan yöğrilgan, özining harbiy iştirokini jihodçilarni yer bilan yakson qiliş istagi bilan tuşuntiruvçi ğarbdagilar aslida ular bilan hamtovoq ekani va mamlakatni parçalaş uçun işlaşayotgani»ni bildiradi.