AQŞ qurollanişi ustidan nazorat assotsiatsiyasi ma'lum qildiki, Qöşma ştatlar, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Suriyadagi obektlarga berilgan raketa zarbalari xalqaro huquqqa va Amerika konstitutsiyasiga ziddir. Bu haqda assotsiatsiya saytida xabar qilingan.
«Biz AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiyaning oxirgi harbiy operatsiyasi Kongressning maxsus ruxsatisiz amalga oşirilganidan taşvişdamiz. Prezident öz xulosalariga köra bunday harbiy qaror qabul qilişi Konstitutsiyaga rioya qiliş borasida savollar tuğdiradi. Bu holda prezident Şimoliy Koreyaga qarşi ham şu tarzda mustaqil qaror qabul qilişi mumkin. Bu esa yadroviy qurol işga solinişiga olib keladigan qaror bölişi ham mumkin», — deyilgan bayonotda.
Ekspertlar fikriça, prezident Donald Trampning operatsiyasini davom ettiriş haqidagi tahdidli gaplari Rossiya bilan töğridan-töğri qarama-qarşilikni keskinlaştiradi.
Assotsiatsiya AQŞ ma'muriyatini BMT maydonida siyosiy jarayonga qaytişga çaqirgan. Şuningdek, Suriya hukumati tomonidan kimyoviy qurol qöllangani haqida rad etib bölmas dalillar keltirişni söragan.
14 aprelga ötar keçasi AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi bir neça nişonga aviazarbalar berdi; ta'kidlaşlariça, zarbalar Suriyada kimyoviy qurol işlab çiqariş dasturi uçun jalb etilgan obektlarga qarşi qaratilgan edi. Uşbu jangovar operatsiya Suriyaning Duma şahrida hukumat kuçlari tomonidan kimyoviy qurol vositasida hujum amalga oşirilgani, buning oqibatida 70 kişi halok bölgani haqidagi xabarlarga javob böldi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlari xalqaro koalitsiya harbiylari tomonidan otilgan 100 dan ziyod qanot raketalardan 71 tasini tutib qolişga muvaffaq bölgan.














