Barselonada hibsga olingan kataloniyalik siyosatçilarni qöllab-quvvatlab namoyiş ötkazildi. Şahar politsiyasi ma'lumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat 12:50da boşlangan aksiyalarda jami 315 mingdan ortiq kişi iştirok etgan.

Mitingga hududiy parlament vakillari, turli siyosiy prtiyalar va birlaşmalar tarafdorlari, muxtoriyat istovçilar ham qöşilişgan. 

Namoyiş kuni Milliy Kataloniya assambleyasi sobiq rahbari Jordi Sançes hibsga olinganiga yarim yil tölgan kunda ötkazildi. 

Namoyiş iştirokçilari özlari bilan «estelada» - Katalon yerining norasmiy bayroğini, mustaqillik tarafdorlari ramzini olib çiqişgan.  

Yiğilganlar qamoqxonalardagi siyosiy mahbuslarning huquqlari ta'minlanişini talab etişgan, ular Ispaniya hududidan qoçib ketişga majbur bölgan sobiq deputatlar va siyosatçilarni qöllab-quvvatlaşgan. «Biz sizlarni uylaringizda körişni istaymiz», deyilgan plakatlardan birida.

Ayni vaqtda Ispaniya Oliy sudi qaroriga köra bir neça nafar kataloniyalik siyosatçilar hibsda tutib turilibdi. Mustaqillik harakatining bir qator yetakçilari, jumladan, muxtoriyatning sobiq rahbari Karlos Puçdemon Ispaniya Qirolligi çegaralaridan taşqarida. Oliy sud Kataloniya ma'muriyatining sobiq 13 nafar amaldorini noqonuniy referendum orqali isyon taşkil etişda ayblagan.