«Formula-1» böyiça «Red Bull» jamoasi a'zosi, avstraliyalik pilot Daniel Rikkyardo Xitoydagi Gran-prisida birinçi örinni egalladi.

Turnirda marraga ikkinçi bölib «Mersedes» a'zosi finlyandiyalik Valtteri Bottas yetib kelgan, uning vatandoşi, «Ferrari» avtopoygaçisi Kimi Raykkonen uçinçi örinni egallagan.

3 bosqiçdan keyin «Formula-1» poygalarida umumiy hisobda «Ferrari» piloti Sebastyan Fettel birinçi örinda, u Xitoydagi Gran-Prida sakkizinçi böldi, ammo uning jami oçkolari soni 54ta, ikkinçi örinda Hemilton (45), uçinçi örinda - Bottas (40) ketmoqda.

Keyingi bosqiç 27-29 aprel kunlari Ozarboyjonda bölib ötadi.

© EPA-EFE/FRANCK ROBICHON