Pentagon vakillari brifingda Suriyadagi kimyoviy qurol sanoati obektlariga qarşi amaliyot tafsilotlarini bayon qilişdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

AQŞ mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, AQŞ, Fransiya va Britaniya harbiylari uçta möljalni nişonga olib, ularga qarata 105 ta qanotli raketa bilan zarba bergan.

Qöllangan raketalarning aksariyati, ya'ni 85 tasi amerikaliklar hisobiga töğri kelgan. Hujum samolyotlar va kemalardan olib borilgan. Xususan, Qizil dengizdagi Monterey kreyseri va Laboon esminetsi tomonidan mos ravişda 30 ta va 7 ta “Tomagavk” raketasi otilgan. Hujumda, şuningdek, Fors körfazining şimoliy qismidagi Higgins esminetsi (23 ta raketa otgan) va Örta yer dengizidagi John Warner suv osti kemasi (6 ta raketa) iştirok etgan.

Havodan zarbalar ikkita B-1B samolyoti tomonidan berilgan, samolyotlar umumiy hisobda 19 ta raketa otgan.

Fransiya tomonidan amaliyotga Örta yer dengizidagi fregat jalb qilingan, u 3 ta SCALP raketasi bilan zarba bergan. Şuningdek, amaliyotda Rafale va Mirage samolyotlari iştirok etib, ular 9 ta raketa otgan.

Amaliyotda britaniyaliklarning hissasi kamroq bölgan: ular Kiprdagi aviabazadan Tornado va Typhoon samolyotlarini havoga kötarib, Suriyaga 8 ta raketa bilan zarba bergan.

The Drive naşri ma'lumotlariga köra, AQŞ hujum vaqtida ilk bor AGM-158 JASSM qanotli raketalarini jangovar holatda qöllagan. Bu raketalar bilan B-1B samolyotlaridan biri jihozlangan bölgan.

Pentagonda ta'kidlanişiça, Suriya havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari birorta AQŞ samolyoti yoki raketasini urib tuşirmagan, biroq zarbalarga 40 taga yaqin “yer-havo” sinfidagi raketalar bilan javob bergan. Amerikaliklar Damaşqning javob harakatlarini xavfli va besamar deb ataşgan, biroq suriyaliklar raketalarning aksariyatini urib tuşirişganini ta'kidlaşmoqda.

Suriyaga hujum qilinişidan maqsad kimyoviy qurol qöllanişining yangi holatlariga yöl qöymaslikdan iborat. Hujumga esa Suriyaning Duma şahriga hukumat kuçlari tomonidan xlorli bomba taşlangani sabab qilib körsatilgan. Bombalar taşlangani haqida isyonçilar xabar bergan. Biroq Suriya va Rossiya Dumada kimyoviy qurol qöllangani haqidagi axborotni tasdiqlaşmagan va buni iğvo deb ataşgan.