Ğarb davlatlari avval Iroq va Liviyada sodir etganlari hisobga olinsa, Yaqin Şarqni  ostin-ustun qilib taşladi. Bu haqda 15 aprelda Çexiya prezidenti Miloş Zeman F1 radiosida Suriyaga berilgan zarbalarga izoh berişi vaqtida aytib ötdi.

“Ğarb Yaqin Şarqni tasavvur qilib bölmas darajada ostin-ustun qilib taşladi. U dastlab Iroqda ommaviy qirğin quroli borligini ta'kidlab, Iroqqa bostirib kirdi, vaholanki u yerda bunday qurol oxir-oqibat topilmagan. Bu operatsiya köplab qurbonlarga, jumladan amerikalik harbiylarning halok bölişiga olib keldi. Endi u yerda kurdlar iroqliklar bilan, iroqlik şialar va sunniylar bir-birlari bilan uruşmoqdalar. Men ulkan moddiy ziyonlar haqida gapirmayapman”, deb aytgan Zeman.

Zemanning aytişiça, Ğarb bu bema'nilikdan xulosa çiqariş örniga Liviya deb atalgan keyingi xatoga yöl qöydi. “Fransiya boşçiligida Yevropa ittifoqining “ajoyib aralaşuvi” tufayli hozirda Liviyada nafaqat normal hukumat mavjud, balki uning hududi orqali Yevropaga minglab va minglab noqonuniy muhojirlar yöl olmoqda”, deb öz sözlarini davom ettirgan Zeman. 

“Ziyoli odam bir xato qilib, keyin uni boşqa qaytarmaydi. Ongi pastroq, töğriroği tentakroq odam esa bir xatoni qatorasiga ikki marta takrorlaydi. Biroq bir xatoni 3 marta takror qaytaradiganlar haqida nima deyiş mumkin? Efirda yomon sözlar aytmaslik uçun yaxşisi men buni aytmayman. Bunda qöllaş mumkin bölgan eng “yumşoq” söz – “ahmoqlik”dir”, deb aytgan Çexiya yetakçisi.  

Uning fikriça, biror davlatga qurolli hujum faqatgina BMT Xavfsizlik kengaşi roziligi bilan sodir etilişi kerak. Bundan yagona istisno, misol uçun, Afğonistondagi terrorçilarga zarba beriş hisoblanadi.

“Biroq Suriya unday holat emas. Çunki bu yerda, birinçidan, radikallar prezident Asad tomonida emas, unga qarşi uruşmoqdalar. Ikkinçidan, ular bu yerda burçakka taqalganlar. Bundan taşqari, Suriyaga birinçi qoçqinlar qaytmoqda. Agar qandaydir kovboyça loyiha bu tendensiyani tormozlayotgan bölsa, unda bu xatodan bölak narsa emas”, deb ta'kidlab ötgan Zeman.