Telegram asosçisi Pavel Durov Rossiyada messenjerni bloklaş haqidagi qarorga izoh berdi va uning oqibatlarini sanab ötdi. Uning sözlariga köra, messenjer bloklanişi tufayli 15 million rossiyalikning hayot sifati yomonlaşadi, mamlakatdagi terrorçilik tahdidi avvalgi darajada saqlanib qoladi, fuqarolar şaxsiy ma'lumotlarining bir qismi esa WhatsApp hamda Facebook’ga ötadi.

«Bugun ertalab Rossiya hukumati Telegram’ni bloklaşga kirişdi, şuning uçun ayrim aloqa operatorlarida servis beqaror işlaşi mumkin. Bloklaş natijalari:

1. 15 million rossiyalikning hayot sifati yomonlaşadi, çunki Telegram’ga VPN’siz vaqti-vaqti bilan kirib bölmaydi. 

2. Rossiyada terrorçilik tahdidi xuddi avvalgi darajada qoladi, çunki ekstremistlar şifrlangan aloqa kanallaridan foydalanişni davom ettirmoqda - boşqa messenjerlarda, yoki VPN orqali. 

3. Rossiya milliy xavfsizligi pasayadi, sababi rossiyaliklarning şaxsiy ma'lumotlari bir qismi RFga neytral maydonçadan AQŞdan nazorat qilinuvçi WhatsApp/Facebook’ga ötib ketadi.

Biz bloklaş haqidagi qarorni konstitutsiyaga zid deb hisoblaymiz hamda rossiyaliklarning şaxsiy yozişmaga bölgan huquqini himoya qilişda davom etamiz», - deyiladi Durovning bayonotida.

«Köp narsalar avtoritar hukumatlar (masalan, Rossiyada) Telegram’ni şifrlaş böyiça bloklaşga urinayotganidan darak beradi, biroq xabarlar almaşişga möljallangan boşqa şifrlangan ilovalar haqida gap ketganida, ança xotirjamlar», - deya yozgan u Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Durov Telegram Rossiyada bloklanişiga javob qaytargandi.