AQŞ prezidenti Donald Tramp Suriya hududiga zarba berişning bir neça variantlarini körib çiqqan, ulardan birida Rossiya va Eron obektlarini nişonga oliş nazarda tutilgan edi. Bu haqda The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbaga asosan ma'lum qilgan.

Ta'kidlanişiça, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis AQŞ yetakçisiga amaliyotning uçta ehtimoliy variantini taklif qilgan. Ular orasidagi eng konservativ variant Suriyada kimyoviy qurol işlab çiqiş bilan aloqador bölgan obektlarni nişonga oliş bölgan. Ikkinçi ssenariyga köra, bunday obektlar soni oşişi kerak edi, bundan taşqari, zarbalar Suriya armiyasi qömondonlik punktlariga ham berilişi kerak edi. Amaliyotning eng radikal varianti Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlariga hujumni nazar tutgan, u Suriya rejimi harbiy salohiyatiga ham zarar yetkazişi kerak edi.

Naşr ma'lumotlariga köra, Trampning özi maslahatçilarga Suriya hududidagi Eron va Rossiya obektlariga zarbalar beriş imkoniyatini körib çiqiş taklifi bilan çiqqan, bu Suriya harbiy texnikasini yöq qilişda qöl kelsa, amalga oşirilişi lozim bölgan. Mettis bunday ssenariyga qarşi çiqqan, javob harakatlari haqida ogohlantirgan. Yakunda AQŞ prezidenti Suriyadagi kimyoviy obektlarga 100dan ortiq qanotli raketalar bilan zarba berişni öz içiga qamrab olgan gibridli variantda töxtadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyaga zarbasini vahşiylik deb atagandi.