Özbekiston prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov prezidentning Sirdaryo viloyati faollari yiğilişida ijtimoiy soha xodimlarining obodonlaştiriş işlariga jalb etilayotgani, ayrim joylarda közböyamaçilikka yöl qöyilayotgani böyiça bildirgan tanqidiy fikrlaridan söng körilayotgan çoralar haqida brifing ötkazadi. Uni «Özbekiston 24» telekanali va prezident matbuot xizmatining Facebook'dagi rasmiy sahifasi orqali tomoşa qiliş mumkin.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati taşrifi vaqtida viloyat faollari bilan ötkazilgan yiğilişda özining hududlarga taşrifi arafasida uyuştiriladigan közböyamaçiliklar haqida keskin fikrlar bildirgandi. Samarqandga taşrifi arafasida köça tozalaşga olib çiqilgan öqituvçining ölimi holatlariga ham töxtalib, öz fikrlarini bildirib ötgandi.
Eslatib ötamiz, aprel oyi boşida Komil Allamjonov Prezidentning Jizzaxga safari vaqtida közböyamaçiliklar yuz bergani haqida «Ozodlik»da e'lon qilingan materialga rasman raddiya bergandi.











