Rossiya prezidenti Vladimir Putin GFR kansleri Angela Merkel bilan özaro telefon muloqoti davomida AQŞ va uning ittifoqçilarining Suriyaga bergan zarbalarini tajovuzkorlik akti va xalqaro huquqning buzilişi deb atadi. Bu haqda Kreml saytida xabar qilinadi.
«Suriyada va uning atrofidagi vaziyatning keskinlaşişi batafsil muhokama qilindi. Rossiya prezidentining ta'kidlaşiça, Suriya Arab Respublikasiga qarşi tajovuzkorlik aktini sodir etgan ğarb davlatlari guruhining xatti-harakati xalqaro huquq normalari, jumladan BMT Nizomini qöpol tarzda buzadi, hamda Suriya inqiroziga tinç yöl bilan yeçim topiş jarayoniga jiddiy salbiy ta'sir körsatadi», - deyiladi xabarda.
Putin va Merkel Suriya böyiça kerakli sa'y-harakatlarni tiklaşga kömak körsatiş hamda bu boradagi ikki tomonlama aloqalarni davom ettirişga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Rossiyani ayblab çiqqandi.














