Telegram messenjeri yaratuvçisi Pavel Durov Roskomnadzor tomonidan bloklanişni çetlab ötiş uçun boşqa resurslardan foydalanişga qaror qilganidan söng, 1 mln.dan ortiq IP-manzillar bloklandi. Bu haqda «Vedomosti» xabar bermoqda.
«Snaryad va zirh kuraşi ketmoqda – biz messenjerga kirib oliş mumkin bölgan IP-manzillarni topib, ularni bloklamoqdamiz. Avvaliga u özining taxminan 9 mingta IR-adresidan foydalandi, biz ularni blokladik. Keyin ular Amazon tarmoği ostiga ötişdi (taxminan 600 000 IR), ular ham blokka tuşirildi. Hozir esa Telegram boşqa resurs IR-manziliga ötdi (taxminan 540 000), ular ham yaqin vaqt içida bloklanadi», - deya aytib ötdi Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Telegram asosçisi Pavel Durov Rossiyada messenjerni bloklaş haqidagi qarorga izoh berib, uning oqibatlarini sanab ötgandi.














