Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi PVO Homs viloyatidagi Şayrat aviabazasiga qilingan hujumlarni qaytargan. Bu haqda mamlakat davlat televideniyesiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

Aniqlik kiritilişiça, barça raketalar havodaligidayoq urib tuşirilgan.

Hozirça bu AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiyadan iborat ittifoqçi kuçlarning, yoki terrorçilik taşkilotining hujumi ekani aniq emas. Hujum Isroil tomonidan uyuştirilgan bölişi ham mumkin.

14 aprelga ötar keçasi AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyaning Duma şahrida amalga oşirilgani taxmin etilgan kimyoviy hujumga javoban Suriya böylab raketa zarbalarini berdi. Suriya hukumati kimyoviy hujum faktini inkor etmoqda va Ğarb mamlakatlari zarbalarini tajovuz deb atamoqda.