AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, AQŞ, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan Suriyaga yöllangan raketalarning barçasi möljalga borib tekkan va birontasi ham urib tuşirilmagan. Bu haqda CNN xabar tarqatgan.

«Biz yuzdan ortiq raketa uçirdik, ular bitta ham raketamizni urib tuşira olişmadi», — degan Tramp.

U AQŞ harbiylari unga «har bir raketa nişonga borib tekkani» haqida ma'lum qilişganini ta'kidlab ötgan.

Bundan oldinroq Rossiya Mudofaa vazirligi AQŞning Suriyaga bergan zarbasidan haqiqiy maqsadini aytib ötgandi.

Şuningdek, Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi Ğarb tomonidan yöllangan qanotli raketalarning 71tasini tutib qolgani haqida aytildi.

14 aprelga ötar keçasi AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya Şarqiy Ğutadagi Duma şahrida amalga oşirilgani taxmin qilingan kimyoviy hujumga javoban raketa zarbalarini berdi. Suriya hukumati kimyoviy hujum bölganini inkor etmoqda, Rossiya bu borada Suriya pozitsiyasini qöllamoqda.

CNN telekanali Suriya hududidagi AQŞ, Britaniya va Fransiyaning qöşma zarbalari natijasida vayron bölgan obektlarning sun'iy yöldoşdan olingan tasvirlarini e'lon qildi.

Kadrlar Homs viloyatidagi ikkita va Damaşq taşqarisidagi bitta obektga zarba berilişidan oldin va keyin olingan. Aniqlik kiritilişiça, raketalar Homs viloyatidagi kimyoviy qurol saqlanadigan omborxona va bunkerni hamda Damaşqdagi Kimyoviy qurolni işlab çiqiş va tadqiq qiliş markazini közlab uçirilgan.

Obekt raketa zarbasigaça. Foto: CNN
Obekt raketa zarbasidan keyin. Foto: CNN