FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma'lumotiga köra, 30 mart kuni Toşkent vaqti bilan soat 03:54da Özbekiston Respublikasi hududida yer silkinişi qayd etildi. Zilzila markazi Toşkent şahridan 360 km uzoqlikda janubiy yönalişda Tojikiston Respublikasi hududida qayt etilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Zilzila magnitudasi markazda 5,8 ballni taşkil etgan. Zilzila kuçi Toşkent şahrida 2 ball, Samarqandda 2 ball, Sirdaryoda 2 ball, Farğonada 2 ball, Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, Qaşqadaryoda 2 ball, Surxondaryoda 2-3 ballni taşkil etdi.
Özbekistonning boşqa hududlarida yer silkinişi qayd etilmagan. Talafotlar va jabrlanganlar töğrisida ma'lumot kelib tuşmagan.












