Özbekiston Respublikasi prezidentining «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Hujjatga köra Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining oliy diniy-ma'rifiy ta'lim muassasasi şaklidagi Hadis ilmi maktabi taşkil etiladi.
Qur'oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini çuqur örgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qöşgan uluğ vatandoşlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta özlaştirgan, hadisşunoslik sohasida ilmiy izlanişlar olib boriş könikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlaş hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy ğoyalarni xalqimiz, ayniqsa, yoş avlodga yetkaziş Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib belgilandi.
Farmon bilan Özbekiston musulmonlari idorasi huzurida «Vaqf» xayriya jamoat fondi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
fuqarolarning diniy, ma'naviy va intellektual salohiyatini oşirişga qaratilgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş;
masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini quriş, ta'mirlaş, rekonstruksiya qiliş, obodonlaştiriş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş;
tarixiy-me'moriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlaş, ta'mirlaş, obodonlaştiriş, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantiriş;
diniy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalaştiriş, ularning professor-öqituvçilari, tadqiqotçilari, mutaxassislari va öquvçi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş;
masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş;
islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma'rifiy asarlarni çop etiş va aholiga yetkazişga kömaklaşiş;
yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oşiriş, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyuştiriş, ziyoratçilar uçun zarur şaroitlar yaratiş;












