AQŞning 41-prezidenti Katta Jorj Buşning rafiqasi, 43-prezident Kiçik Jorj Buşning onasi Barbara Bush 92 yoşida hayotdan köz yumdi.

“AQŞning sobiq birinçi xonimi Barbara Pirs Bush 17 aprelda 92 yoşida vafot etdi”, deyilgan Buşlar ofisi bayonotida.  

Barbara Bush Nyu-Yorkda 1925 yil 8 iyunda tavallud topgan. U otasi tomonidan AQŞning 14-prezidenti Franklin Pirsning uzoq qarindoşi hisoblanadi. Marhuma turmuş örtoği bilan 16 yoşida Rojdestvo balida tanişgan. Ularning nikoh töyi 1945 yilda bölib ötgan. Barbara Bush birinçi xonim sifatida umumiy savodxonlikni ilgari suriş bilan şuğullangan va Barbara Bush Foundation for Family Literacy xayriya jamğarmasiga asos solgan.

Barbara Buşning ortidan turmuş örtoği, 5 farzandi, 17 nabirasi va 7 evarasi qoldi.