O‘zbekiston davlat xizmatlari uchun kadrlar tayyorlashda Jorj Bush maktabi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Dunyo
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov akademik aloqalarni mustahkamlash borasidagi ishlar doirasida Texas A&M (Texas A&M) universiteti huzuridagi Jorj Bush nomidagi Hukumat va davlat xizmati maktabi katta dekani Frenk Eshli bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat chog‘ida O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari bilan akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro delegatsiyalar almashuvini tashkil etish orqali davlat xizmatchilarini tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish jarayoniga Amerika tomonini jalb etish istiqbollari muhokama qilindi.
Frenk Eshli mamlakatning zamon talabiga javob beradigan yangi avlod kadrlarini tayyorlash bo‘yicha jahondagi ilg‘or tajribani joriy etishga intilishi uzoq muddatli va barqaror rivojlanishga sezilarli va ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi. Amerika tomoni fuqarolar bilan aloqa o‘rnatish zamonaviy usullarini joriy etish, davlat organlari tomonidan aholini xabardor qilish ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish zarurligiga e’tibor qaratdi.
Jorj Bush maktabi rahbariyati O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va kafedralari bilan ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ikki darajali ta’lim tizimini joriy etish, O‘zbekiston davlat xizmati vakillari uchun AQShda qisqa muddatli, o‘rta muddatli va magistratura ta’limi dasturlarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar tajriba almashish uchun respublikaga tashrifini tashkil etish, davlat boshqaruvi eng yangi uslublari asosida qo‘shma dastur va kurslar ishlab chiqish imkoniyatlari qayd etildi.
Bush maktabi 1997 yilda AQShning 41-prezidenti Jorj Bushning «davlat xizmati - oliyjanob da’vat» tamoyiliga muvofiq tashkil etilgan. Ushbu ta’lim muassasasi boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi eng yaxshi universitetlardan biri hisoblanadi. Bush maktabida Barak Obama, Pan Gi Mun, Arnold Shvarsenegger, Kondoliza Rays, Dik Cheyni kabi mashhur yetakchi va arboblar ma’ruza qilishadi.
Mavzuga oid

12:27 / 12.04.2025
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi

12:28 / 11.04.2025
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi

19:09 / 10.04.2025
Davlat xizmatchilariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlari bekor qilinishi mumkin

22:15 / 12.03.2025