Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 15 yil prezidentlik qilib çarçaganini, davlat boşqaruvini yoşlarga beriş niyatida ekanini e’lon qildi. Yoşlar deganda kim nazarda tutilayotganini albatta taxmin qiliş mumkin.

Umuman, otasi ortidan davlat boşqaruviga kelganlar zamonaviy tarixda ançagina. Quyida monarxiyadagi umumiyatla qabul qilingan usulni çetga surib, demokratik yoki şunday ataluvçi davlatlarda otasi singari davlatni boşqarganlar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ozarboyjon: Haydar va Ilhom Aliyevlar

Ota-öğil Aliyevlar. Foto: TASS

Ozarboyjonga 10 yil prezidentlik qilgan Haydar Aliyevning vafotidan keyin uning öğli Ilhom Aliyev saylovlar yöli bilan davlat boşqaruviga keldi. Umumiy hisobda 4 marta prezidentlik saylovlarida ğolib bölgan Ilhom Aliyev hanuz Ozarboyjonning oliy rahbari hisoblanadi.

Albatta, hamma davlatlar rahbarlari singari uning faoliyati turliça baholanadi. Qator körsatkiçlar böyiça Ozarboyjonda barqarorlik, iqtisodiy ösiş, umumiy farovonlik qayd etilgan bölsa, bir qança taşkilotlar bu davlatda avtokratik va hatto diktatorlik boşqaruvi örnatilganidan xavotir bildiradilar.

Lekin şunisi aniqki, Ilhom Aliyev öz davlatida katta nufuzga ega. Ayniqsa Armaniston bilan sönggi ziddiyat va oçiq uruşlar yakuniga köra qator hududlarni qaytarib olgani ortidan obrösi keskin oşib ketgan.

AQŞ: Buşlar va Adamslar

Ota-öğil Buşlar. Foto:  Bob Levey/Getty Images

Butun dunyo böylab demokratiya öçoği va himoyaçisi deya e’tirof etiladigan AQŞda saylovlarga juda jiddiy qaraladi hamda har doim ham prezidentlik uçun qattiq kuraşlar ketadi. Bir qaraşda ota-bola an’anasiga umuman örin yöqday tuyulsa-da, bu mamlakat tarixida ikki marta öğil otasi singari prezidentlikni egallagan.

Jon Kuinsi Adams – AQŞning 6-prezidenti va 2-prezident Jon Adamsning öğlidir. U 1825-1829 yillar oraliğida ştatlarni boşqargan, 1809-1814 yillarda esa Rossiyada elçilik qilgan. Uning yana bir öziga xos jihati şundaki, 1797 yilda londonlik ayolga uylangan va şu tariqa 2016 yilda prezidentlikka kelgan Trampga qadar kelib çiqişi xorijlik ayolga uylangan birinçi va yagona prezident bölgan.