Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya sözlariga köra, Suriya prezidenti Başar Asadga qarşi harbiy kuçni qöllaş uni muzokaralarga majburlay olmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Suriya hukumati röy bergan barça voqealardan söng ğarb davlatlari uçligi [AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya] körsatmasiga köra, mamlakatdagi vaziyatga siyosiy yeçim topiş haqida ijobiy kayfiyatda gaplaşişga tayyor ekaniga işoniş qiyin. Agarda vazifa Suriya prezidentini bombalar ostida muzokaralar stoliga ötirişga majburlaşdan iborat bölsa, buni amalga oşiriş imkonsiz. Sababi, bu uning ustidan ğalaba qozoniş va Vaşington, London hamda Parij tahdid qilayotgandek uni «harbiy jinoyatçi» sifatida sudga topşiriş demakdir», - deya aytib ötgan Nebenzya BMT Xavfsizlik kengaşining Rossiya tomoni taşabbusi bilan ötkazilgan yiğilişida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Merkel bilan suhbatda Suriyaga zarbalarni keskin qoralagandi.