Ispaniya çempionatining 33-turida «Selta» «Barselona»ni qabul qildi. «Balaidos» stadionida keçgan uçraşuvda ğolib aniqlanmadi - 2:2.

Aralaş tarkib bilan harakatlangan kataloniyaliklar (yarimhimoyaçilar Andres Inesta va Serxio Buskets, şuningdek, himoyaçi Jyerar Pike bahsni ötkazib yubordi, Messi zaxiradan öyinga qöşildi) öyin davomida ikki marta hisobda oldinda borişdi, ammo mezbonlar ikki safar ham hisobni tenglaştirişga erişişdi. Kataloniyaliklar jamoasida Usmon Dembele va Pako Alkaser bittadan gol urişdi, «Selta»ning gollariga Xonni va Yago Aspas mualliflik qildi. 71-daqiqadan «Barselona» bir kişi kam bölib harakat qildi, Serxi Roberto qizil kartoçka olib maydonni tark etdi.

«Barselona» bu natijadan keyin 83 oçko bilan peşqadamlikni davom ettirmoqda, «Selta» 44 oçkosi bilan turnir jadvalining sakkizinçi örnida joylaşgan.

Tur doirasidagi yana bir uçraşuv «Deportivo» va «Sevilya» örtasida keçib, La-Korunyadagi «Riasor» stadionidagi bahsda hisob oçilmay qoldi - 0:0.

Şu tariqa, «Sevilya» ğalabasiz seriyasini 6 öyinga yetkazdi.

«Deportivo» 27 oçko bilan 18-örinda qolmoqda, «Sevilya» 48 oçko bilan oltinçi örinda.

Ispaniya çempionati
33-tur
Selta – Barselona 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 36 Dembele, 1:1 – 45 Kastro, 1:2 – 64 Pako Alkaser, 2:2 – 82 Aspas.
Selta – Alvares, Gomes, Ronkalya, Kastro, Brais Mendes (Boyye, 83), Vass, Lobotka, Xosabed (Radoya, 73), Sisto (Mor, 79), Maksi Gomes, Aspas.
Barselona – ter Stegen, Mina, Din, Nelson Semedu, Vermalen, Denis Suares, Paulino, Koutino (Messi, 60), Andre Gomeş (Serji Roberto, 60), Dembele (Aleiş Vidal, 78), Pako Alkaser.
Ogohlantirişlar: Aspas (56), Vass (78), Kastro (88).
Çetlatiş: Serji Roberto (71).

Deportivo – Sevilya 0:0 (0:0, 0:0)
Deportivo – Martines, Xuanfran, Albentosa, Şer, Luizinyu, Gilerme (Bakkali, 80), Borxes, Moskera (Valverde, 83), Kron-Deli (Çolak, 36), Peres, Adrian.
Sevilya – Soriya, Navas, Merkado, Karrisu, Layyun, Pisarro, Gays, Sandro Ramires (Muriel, 76), Banega, Korrea (Sarabiya, 57), Fernandes (Nolito, 68).