Vazirlar Mahkamasida jamoat işlariga majburiy jalb qilişni taqiqlaş, bu borada rahbarlar mas'uliyatini oşirişga bağişlangan yiğiliş vaqtida boş vazir tanqidiga uçragan Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatovga söz berildi.
«Töğrisini aytadigan bölsam, rahbar sifatida menda jur'at yetişmagan. Kerak bölsa, vaqtida majburiy mehnatga xayrixoh bölib, buni vatanparvarlik sifatida bilib, tepasida turganman.
Öşa paytda siyosatimiz şunga mos edi. Çunki, biz ziyolilar bu jarayonda qatnaşmasdan, bir çetda tursak bölmasdi, buni jamiyatdagi özgarişlarga munosabat sifatida körilgan bölardi.
Hozirgi kunda Xalq ta'limi tizimida 675 ming nafarga yaqin xodim işlaydi. Texnik xodimlar bilan birga. Men ularning har biriga yetib bora olmayman, lekin seminarlarda qonuniy mehnat va noqonuniy mehnat farqi borasida tuşunçalar berib boramiz. Har bir xodimning huquqi masalasida tuşunça berib boramiz.
Töğrisini aytadigan bölsam, bunday özgarişlarga moslaşa olmadik. Şuning oqibatida mana şu holatlar kelib çiqdi. Samarqanddagi holatni şaxsan borib örgandim, bu yerda barçasi oğzaki topşiriqlar bilan bölgan. Heç qanday hujjat bölmagan. Kattaqörğon tumani xalq ta'limi bölimi mudiri öqituvçilarni obodonlaştiriş işlariga jalb qiliş borasida oğzaki topşiriq berganini tan oldi. U öz arizasiga köra işdan böşadi. Maktab direktori ham», degan Uluğbek Inoyatov.
Boş vazir uning sözlariga javoban yana tanqidiy fikrlar bildirib ötdi.
«675 ming kişi, hammasiga yetib borolmayman deyapsiz. Vazir hammasini uşlab turişi kerak. Hammasiga yetib bora olmayman, deydigan rahbar qanaqa rahbar böladi?», degan janob Aripov.
«Nima uçun öqituvçilarni himoya qilmadingiz?». Abdulla Aripov vazirni tanqid qildi
Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ötgan haftada Sirdaryo viloyati faollari bilan bölgan uçraşuvda Samarqandda yuz bergan öqituvçi fojiasini eslab, majburiy mehnatga qarşi gapirgandi. Şundan söng, Özbekistonda majburiy mehnatga qarşi kampaniya boşlandi.










