2017 yil 25 martda Las-Vegasda monster-traklar – katta ğildiraklardagi modifikatsiya qilingan pikaplarda fristayl böyiça Monster Jam musobaqalari finali bölib ötdi. Musobaqada iştirok etgan Mad Scientist (Telba olim) taxallusli sportçi Li ÖDonnell öz urinişining oxirida hali heç kim uddalay olmagan tryukni – oldga saltoni bajardi.  

Monster Jam musobaqasi finalining töliq sifatli videosi 2018 yil aprelda e'lon qilindi. Musobaqalardan keyin paydo bölgan tomoşabinlar olgan videolarda  ÖDonnell öz urinişi yakunlanişiga bir neça soniya qolganda noyob tryukni bajarganidan keyin olomon uni hayqiriqlar bilan olqişlaganini eşitiş mumkin bölgan.

The Guardian ma'lumotlariga köra, ÖDonnell oldga saltoni muvaffaqiyatli bajargan tarixdagi ilk monster-trak haydovçisi böldi. 2015 yilda şunday tryukni Nil Elliot bajarmoqçi bölgan, biroq buning uddasidan çiqa olmagan.

Musobaqada esa qahramonimiz Mad Scientist 9,355 oçko bilan ğolib bölgan.