Vazirlar Mahkamasida hukumat rahbari Abdulla Aripov raisligida jamoat işlariga majburiy jalb qilişni taqiqlaş, rahbarlar mas'uliyatini oşirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy soha xodimlari, xususan, şifokorlar, öqituvçilar va talaba-yoşlarni jamoat işlariga jalb qilişning oldini oliş, majburiy mehnatga taqiq qöyiş, rahbar xodimlarning hududlarda közböyamaçilikka yöl qöyişining oldini olişga qaratilgan topşiriqlari ijrosi, bu borada aniq mexanizmni işlab çiqiş va qat'iy nazorat örnatiş borasidagi işlar muhokama etildi.
Boş vazir yiğiliş çoğida Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovga jiddiy tanbeh berdi.
«Eng qiziği, men tibbiyot xodimlarining harakatini men tuşunmayman - köça supurgani oq xalatning özida çiqadi-da, keyin yana öşa «steril» oq xalatda kasallarga ukol qiladi, kasallarga qaraydi, boşqa muolajalarni qiladi. Bu, albatta, hokimlarimizning «sa'y-harakatlari» bilan amalga oşirilayotgani ham sir emas. Buning oqibatini heç kim öylamaydi. Natijada keyingi yiğilişlarimizda yoşlar örtasida jinoyatçilikning oşib ketayotganini, maktab va kollej öquvçilarining çetga çiqib ketayotgani yoki ularning bilim saviyasi tuşib ketayotgani - bularning hammasini muhokama qilib, özimizga özimiz qator ma'naviy zararlar yetkazayotganimizni öylab ham körmaymiz.
Soğliqni saqlaş vaziri janob Alişer Şodmonov — qaysi viloyat hokimi bilan özingiz uşbu masalada gaplaşgansiz? Gaplaşganmisiz yo yöqmi? Mikrofonga gapiring. Biror bir hokim bilan gaplaşganmisiz: «Ey, baraka topkur, Prezidentimiz soğliqni saqlaş sohasida şunça islohot e'lon qilyaptilar, tibbiyot sohasini rivojlantiriş, unga köplab imtiyozlar beriş, tibbiy xizmat saviyasini oşiriş böyiça şunça işlar olib borilayotgan bir vaqtda, oğayni, sen tibbiyot xodimlarini falon işlarga jalb qilayotgan ekansan», deganmisiz? Yoki mening oldimga kelib yoki, mana, öz kuratoringiz bor — boş vazir örinbosari Qahramon Akmalovning oldiga kelib, «Janob kattakon, bu hokimlarga bizning gapimiz ötmaydi, siz aytib bering, Prezidentimiz olib borayotgan siyosatga hilof iş bölyapti, majburiy mehnat böyiça berilgan şunça topşiriqlarga qaramay, ayrim hudud rahbarlari özini xuddi, keçirasizu, öşa joyning kiçkina bir begidek tutmoqda. Oçiğini aytadigan bölsak, beklar ham bunday qilmagan. Şularga çora körib bering yoki şuni bir masalasini hal qiliş böyiça hukumatga, uning rayosatigami, rahbarlarigami bir ma'lumot kiritib bering, degan masalani na siz (Uluğbek Inoyatov) va na siz (Alişer Şodmonov) qöymagansiz. Yo qöyganmisiz?
Biz majbur bölib, boşqa-boşqa joylardan sörab-suriştirib, mana, ming rahmat, ommaviy axborot vositalari bor, bular ham bizga yordam berdi. Bundan buyoğiga, men öylaymanki, biz ommaviy axborot vositalari bilan keng kölamda iş olib borişimiz lozim böladi. Çunki ularda ham imkoniyat keng, odamlar vazirliklardan köra köproq ularga işonadi.










