Armaniston Milliy yiğini (parlament) deputatlari mamlakatning sobiq prezidenti Serj Sargsyanni boş vazir etib saylaşdi. Bu haqda parlament spikeri Ara Babloyan ma'lum qildi.
Babloyanning ma'lum qilişiça, Sargsyanga 77 deputat ovoz bergan, 17 nafari qarşi çiqqan.
Sargsyan parlamentning maxsus yiğilişidagi nutqida uning boş vazir lavozimidagi ustuvor vazifalari mamlakat xavfsizligini ta'minlaş, armiyani kuçaytiriş hamda Qoraboğ ixtilofini tartibga soliş bölişini aytgan. Uning aytişiça, yangi hukumatning eng muhim vazifasi taraqqiyotni ta'minlaş böladi. Sargsyan yana bir ustuvor vazifa sifatida mamlakatdagi demografik muammoni hal qiliş bölişini aytgan.
Sargsyan özining 10 yillik prezidentligi (2008-2018 yillar) vaqtidagi ba'zi iqtisodiy natijalar haqida töxtalib, bu davr içida mamlakat yalpi içki mahsuloti 6,3 mlrd dollardan 11,5 mlrd dollargaça oşganini aytib ötgan.
Sargsyanning prezidentlik muddati yakunlangandan keyin Armanistonda yangi konstitutsiya kuçga kirdi. Unga köra, hokimiyat parlament va hukumat qölida mujassamlaşadi, prezident vazifalari esa taqdim qiluvçi böladi. Armanistonning yangi prezidenti Armen Sarkisyan 9 aprelda öz lavozimini bajarişga kirişdi.
Şu bilan birga 13 apreldan Yerevanda Sargsyanning boş vazir lavozimiga saylanişiga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. 16 aprelda parlament binosi yonida namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar bölib ötgan.













