Telegram IP-manzillarni smartfonlardagi içki funksiyalar orqali özgartiriş imkonini beradi, hamda şuning uçun u Roskomnadzorning bloklaşga bölgan urinişlariga qaramay, hamon işlamoqda. Bu haqda messenjer sarmoyadori, Qiwi asosiy aksiyadori Sergey Solonin «Kommersant'» gazetasiga aytib ötdi.
«Telegram’dagi texnologiya smartfonlarda bölgan içki funksiyalar orqali IP-manzillarni dinamik özgartiriş imkonini beradi. Şu tariqa, Telegram manzillarni töxtovsiz tarzda özgartirişi mumkin. Men Roskomnadzor uni qanday qilib butunlay bloklab qöyişi mumkin ekanini unçalik yaxşi tuşunmayapman. Bu haqda avval öylaşmagani ğalati, sababi bu ma'lum narsa edi», - deya aytib ötdi u.
Soloninning fikriça, Telegram’da öz auditoriyasini kengaytiriş uçun barça imkoniyatlar bor – foydalanuvçilar «sifatning örniga işonçlilik va himoyalanganlikni tanlaydi. Telegram kalitlarni heç kimga bermaydi. Nima uçun Rossiyada boşqaça bölişi kerak?», - deya xulosa qilgan u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Roskomnadzor Telegram tufayli 1 milliondan ortiq IP-manzilni bloklagandi.














