Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Abduraşid Abduqodirov ta'lim muassasalarida öquv yilining boşlaniş va tugaş vaqtini özgartiriş, yozgi ta'tilni qisqartiriş hisobiga qişki ta'til muddatini uzaytiriş hamda boşlanğiç sinflarda dars maşğulotlari davomiyligini 5 daqiqaga kamaytiriş taklifi bilan çiqmoqda.

Xöş, mazkur takliflarni jöyali deb hisoblaş mumkinmi? Bundan öqituvçi va öquvçilariga biror yengillik böladimi? Jamiyatga-çi? ÖzA muxbiri Vohid Luqmon uşbu savollarga oydinlik kiritadi.

— Özbekiston dunyoning köplab rivojlangan mamlakatlari bilan taqqoslaganda ta'lim sohasiga davlat byudjyetidan eng köp mablağ ajratadigan davlatlardan biri hisoblanadi, — deydi Abduraşid Abduqodirov. — Biroq şunga qaramay, majburiy ta'limga jalb etilişi lozim bölgan öquvçilar sonining köpligi, ta'lim sohasida xususiy sektor uluşining deyarli yöqligi sohada keçayotgan islohotlarni sifatli va samarali amalga oşirişda qator muammolarni keltirib çiqarmoqda.

Rivojlangan davlatlarda umumta'lim maktablarida öquv yilining boşlanişi va ta'til kunlari ta'lim maqsadidan, taşkiliy masalalar hamda iqlim şaroitidan kelib çiqib belgilanadi. Xuddi şu qoidalar öquv soatlarining davomiyligiga ham ta'sir qiladi.

Masalan, Yevropaning köplab davlatlarida öquv yili kuzning ilk oyida boşlanadi. Biroq, aniq sanasi hududning xususiyatlaridan kelib çiqib bir-biridan farq qiladi. Masalan issiq hududlarda qiş faslida köproq öqiş hisobiga, kuzgi ta'tillar davomliroq böladi.

Buyuk Britaniyada öquv yili uç semestrga bölinadi hamda qiş va bahor faslida 2–3 haftadan ta'til beriladi. Öquv yilining boşlanişi, sanalari ştat bilan ştat örtasida farq qilsa-da, AQŞda ham Yevropa davlatlaridagi singari avgust oyining oxiri, sentabr oyining boşlariga töğri keladi. Yaponiyada öquv yili tabiatdagi yangilaniş davriga mos holda apreldan boşlanadi. Xitoyda ham bizdagidek, 1 sentabrdan öquv yili boşlansa-da, öquvçilarning ta'tillari iyul va avgust oyidagi yozgi va yanvar yoki fevraldagi bir oylik qişki ta'tillarga bölinadi.

Xorijiy davlatlar tajribalaridan kelib çiqib, issiqlik va elektr energiyasiga bölgan talab kuz-qiş mavsumida keskin oşişini hisobga olib, resurslarni tejaş, öquvçilarga qiş mavsumida qulay şaroit yaratiş, qiş oylarida ta'lim muassasalarini isitiş va yoritiş sarfini ikki barobarga qisqartiriş kabi maqsadlarni inobatga olgan holda öquv yilining boşlaniş va tugaş vaqti, öquv yili davomidagi ta'til kunlarining muddatini özgartiriş hisobiga qişki ta'til kunlarini belgilaş taklif etilmoqda.