Eron hukumati xalqaro tranzaksiyalarni amalga oşirişda dollardan yevroga ötişga qaror qildi. Uşbu qaror 18 aprelda Eron vazirlar mahkamasi yiğilişida qabul qilingan.

Hukumat qarori barça vazirliklar, davlat taşkilotlari va kompaniyalari öz hisobotlari, axborot va moliyaviy ma'lumotlarida dollar örniga yevroni qöllaşlari kerakligini anglatadi. Eron markaziy banki endi rialning yevroga nisbatan kursini belgilaşi kerak böladi.

Uşbu qaror aynan nima bilan boğlangani ma'lum qilinmagan. Reuters axborot agentligining ta'kidlaşiça, bu çora hukumatning ayirboşlaş kurslarini boşqariş va arzonlaşib ketgan milliy valyuta – rialni qöllab-quvvatlaşga harakatlari ortida qabul qilingan. 

Eron riali 2017 yil sentabridan erkin savdolarda öz qiymatining yarmini yöqotgan. Bunga esa AQŞ tomonidan yangi sanksiyalar kiritilişidan xavotirlar ham sabab bölgan. 

10 aprelda Eron hukumati mamlakatda yagona ayirboşlaş kursi (1 dollarga 42 ming rial) kiritilişini e'lon qilgandi.