Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudning Telegram messenjerini bloklaş haqidagi qaroridan xabardor. Bu haqda RF yetakçisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Jurnalistlar Peskovdan Putinga Telegram bloklanişi bilan boğliq vaziyat haqida hisobot berişgani haqida savol bilan murojaat qilişdi.

«Töğri savol, biroq, albatta, prezident sud tomonidan bloklaş haqida qabul qilingan qarordan xabardor», - deya javob qaytargan u.

13 aprel kuni Moskva şahrining Taganka sudi Roskomnadzorning Telegram’ni bloklaş böyiça arizasini qanoatlantirdi. Bu messenjer işlab çiquvçilarining FXXga şifrlaş kalitlarini topşirişdan boş tortgani bilan boğliq.

Eslatib ötamiz, avvalroq messenjer sarmoyadori, Qiwi asosiy aksiyadori Sergey Solonin Telegram IP-manzillarni smartfonlardagi içki funksiyalar orqali özgartiriş imkonini berişi, hamda şuning uçun u Roskomnadzorning bloklaşga bölgan urinişlariga qaramay, hamon işlayotgani haqida ma'lum qilgandi.