Esingizda bölsa, bir muddat avval Andijon şahrida istiqomat qiluvçi Hayotxon opa va uning öğli Nosirulloh uçun xayriya aksiyasi uyuştirgan edik. Nosirulloh 13 oyligida yiqilib tuşib, yurmay qöygan edi. Unga DTsP (bolalar nerv sistemasi falaji ) taşxisi qöyilib, nogiron sifatida davlat röyxatida turar edi. Hayotxon opa dori-darmon va öğlining tuzalib ketişi uçun kerak bölayotgan muolajaga qiynalib qolganligi, yaxşi insonlarning xayrli işlariga muhtoj ekanligini bildirib ötgan edilar.
Saxovatpeşa insonlarning xayriyasi bilan yetarli mablağ töplandi. Mehribon ona va farzand Toşkent şahriga kelib, tegişli şifoxonada muolaja amaliyotini boşlab yubordilar.
«Hayriya qilgan insonlardan Alloh rozi bölsin! Alloh ajrini bersin. Ularga öz minnatdorçiligimni bildirib qolaman»-deb ta'kidladilar Hayotxon opa quvonib.
Suratga oliş işlarimizda insonlarga mikrofon berib, tasmaga yoziş jarayonida ovozlari eşitilmoqdami yoki yöqmi sinab köramiz. Şu çoğda odamlar odatda sanaşadi yoki nima deyman deb aytişadi. Bizga oddiy sözlar kifoya, tekşirib olamiz. Lekin muştipar onaga gapirib köringçi, biror söz aytib köring deyişimiz bilan «Nosirxon» deb farzandini nomini aytdilar. Azizlar, ona mehrini qarang, ajabo. Bu ötkinçi dunyoda onadek mehribon inson bölmasa kerak. Onalarimizning qadriga yetaylik va orzumand ayolning orzusi uşalişi uçun duoda bölib turaylik. Barçangizga kun.uz öz minnatdorçiligini bildiradi.