Ma'lum muddat "Samarqandşahargaztrans" filiali "Boğişamol" bölimida gaz nazoratçisi bölib işlagan Bektoş soğliğidagi muammolar tufayli işdan böşadi, deb yozmoqda Zarnews.
Oradan bir yil ötgaç, mehnat faoliyatini tiklaş uçun qayta ariza beradi va tegişli buyruq rasmiylaştirilişini kutmasdan Samarqand şahar "Lohutiya" mahallasida "nazoratçilik"ni boşlab yuboradi.
Avval şu hududda nazoratçi bölib işlagan Zohid bilan aholi xonadonlarida bölib, gaz hisoblagiçlarni tekşirişadi. Jumladan, fuqaro H.Xöjayarov xonadonidagi işlayotgan gaz hisoblagiçni yaroqsiz deb topib, 4 million sömdan ziyod miqdorda qarzdorlik yozişadi va ogohlantiriş xatini uy egasiga tutqazişadi.
H.Xöjayarov bunça mablağni tölay olmasligini bildirganida "nazoratçilar" 1 yarim million söm evaziga qarzdorlikni yöq qilib berişini aytadi. Dastlab 200 ming sömni olgan Bektoş va Zohid bir neça kundan keyin uy egasidan qolgan pulni ham talab qiladi.
Ularning harakatlaridan şubhalangan H.Xöjayarov bu haqida huquq-tartibot organlariga murojaat qildi. Boş prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti viloyat boşqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida "gaz nazoratçilari" jabrlanuvçidan 1 million söm pulni olayotgan vaqtda uşlandi.
Sud hukmi bilan ularga tegişli jazo tayinlandi.












