Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzurida Sudyalar faoliyati yuzasidan fuqarolarning şikoyati va murojaatlarini monitoring qilib boriş komissiyasi taşkil etiladi. Bu haqda deputat Şerzod Töxtaşev Xalqaro Press-klub sessiyasida ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, Qonunçilik palatasi huzurida taşkil etilişi nazarda tutilgan mazkur komissiya joriy yilning ikkinçi yarmidan boşlab öz işini boşlaşi mumkin.
Deputat Şerzod Töxtaşevning aytişiça, komissiyaning asosiy vazifasi sud faoliyati yuzasidan fuqarolarning murojaat va şikoyatlarini monitoring qilib borişdan iborat. Şunday qilib, qonunçilik tizimini takomillaştirişda nation-feedback tizimini amaliyotga kiritiş mumkin.
Ma'lumot uçun, deputatlar qisqa muddat içida sud-tergov jarayonlarini şaffof qiliş böyiça bir neçta qonun loyihalarini işlab çiqib, muhokamaga qöyişga ulgurgan.











