Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bugun ertalab qor yoğdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari noqulay ob-havo tufayli qor ostida qolgan ekin va daraxtlarning fotosuratlarini tarqatişdi.
Ayniqsa, gulini tökib, endi meva tugişga kirişa boşlagan daraxtlarga bu qattiq zarba böldi. Baxmalliklar uçun bu qor çinakam kutilmagan hol böldi.

Guvohlarning ma'lum qilişlariça, Farğona vodiysiga eltuvçi Qamçiq dovonida ham qor yoğgan.

Sinoptiklarning prognoziga köra, respublikaning toğli hududlarida özgaruvçan ob-havo saqlanib turadi, vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik röy beradi. Toşkent viloyatining 2100 metrdan baland hududlarida qor köçiş xavfi bor. Harorat 2–7 daraja iliq böladi.











