2017 yil davomida global internet naşrlarida katta şov-şuvga aylangan ayollarga tajovuz qiliş holati muhokamalarga sabab bölganiga qaramay, Women and the Law 2018 hisobotiga köra, Özbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş böyiça qonunçilik bazasi 100 ballik baholaş mezonidan 0 ballga teng, deya e'tirof qilinmoqda.
Jahon banki tomonidan har yili e'lon qilinadigan hisobotda ta'kidlanişiça, ayollar huquqini töliq ta'minlaşga qaratilgan qonunçilik normasiga ega bölmagan 21ta davlat orasida Rossiya, Mikroneziya, Yaman, Janubiy Sudan, Suriya, Myanma va Özbekiston ham bor.
Hisobotni tayyorlaş uçun «ayol va erkaklarga pasport beriş tartibi turliçami?» degan savoldan boşlab, jamiyatda qizlarga tegajoğlik qiliş mavjudligigaça örganilgan.
Mamlakatda barça mehnatga layoqatli aholining 42 foizini taşkil etuvçi ayollar uy va xonadon şaroitida uçragan tazyiq, qiynoq va qöpollikdan qonun böyiça himoyalanmaganiga alohida urğu berilgan. Şuningdek, ayollar va erkaklar iş joyida bir xil vazifa, foyda va imkoniyatlarga ega emasligi, pensiya yoşidagi tafovutlarga e'tibor qaratilgan.
Ta'kidlaş joizki, ayni paytda dunyo böylab 144ta davlatda uy tazyiqlari yoxud qiynoqlariga duçor qilingan ayollarni himoya qiluvçi alohida qonunlar qabul qilingan. Şuningdek, 130ta davlatda jinsiy zöravonlik uçun javobgarlik alohida körsatib ötilgan.

















