Andijonning şimoliy tumanlari qir-adirliklardan iborat bölgani uçun ularning tabiati bahorda özgaça çiroy oçgan.
Qörğontepa, Jalaquduq va Xöjaobod tumanlariga boruvçi katta yöldan maşinada yursangiz, qiyaliklardagi köm-kök dalalar, bir tekis boğlar ortida uzoq-uzoqdagi toğlarning çöqqisi ham ravşan körinib turadi.
«Kun.uz» muxbiri Xöjaobodda qaytişda hamrohimga: «Bizda bahorning aprel oylarida tuman tuşmas edi. Atrofning körinişi xirami?», - deya savol berdim. «Axtaçidagi sement zavodi trubasidan çiqayotgan tutun atrofga şunaqa ta'sir qilyapti» dedi u. Men işonqiramadim. Sababi, Xöjaobod va Asaka tumani örtasida adirliklar mavjud. Öşa sanoat obektini, borib, öz közimiz bilan körgaç, uning fikri töğri ekanligiga şubha qolmadi.
Andijon şahridan çiqib, Asaka tumani tomon yursangiz, 5 kilometrlardan söng öng tomonda Axtaçi sanoat hududi keladi. Hududda juda köplab korxonalar faoliyat yuritmoqda. Şulardan biri sement işlab çiqaruvçi «SingLida» qöşma korxonasidir.

2013 yildan faoliyatga kirişgan korxona boşida bor quvvat bilan işlamadi çoği, avvaliga bu zavod trubalaridan hozirgidek öta katta miqdorda tutun çiqmas edi. Yurtda jadal quriliş işlari boşlangaç, zavodning işlab çiqariş quvvati oşib, tutuni ham falakni tutdi. 2015-2016 yillardan atrofdagi aholi va boşqa tadbirkorlar uşbu xavotirli holat böyiça turli taşkilotlarga murojaat qila boşlaşdi.
Tsement zavodining ikkita trubasidan çiqayotgan tutun, balki sement çangidir, atmosferani bulğab, atrof-muhitga juda katta zarar yetkazayotganiga guvoh böldik. Şundan söng dunyoning ayrim şaharlarida sanoat obektlari çiqarayotgan tutun tufayli tiniq osmonni körib bölmasligiga işondik.

Öşa sement korxonasi atrofidagi tomlarni bir santimetr qalinlikdagi çang va qurum qoplab bölgan ekan. Odamlar mana şu havodan nafas olişmoqda.
Sanoat korxonalari işlab çiqariş jarayoni davomida paydo böladigan atrof-muhitga zarar yetkazuvçi çiqindilarning salbiy ta'sirini kamaytiriş maqsadida oqib çiquvçi va tik quvur (truba)larga talab qilingan me'yorlarga asosan filtrlar örnatadi. Balki, Axtaçi sement zavodida bunday uskunalar örnatilmagan bölsa kerak. Korxona quvurlaridan buruqsab çiqayotgan tutunni körib, öşa yerda işlayotgan işçilarning ahvolini öyladik...











