MJTKning 116 va 117-moddalariga tuzatiş kiritildi, şuningdek aviatsiya xavfsizligini ta'minlaşga doir talablarni buzganlik uçun javobgarlik töğrisida yangi modda kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Parvozlar xavfsizligi qoidalarini buziş: tarkiblar köpaytirildi javobgarlik oşirildi
MJTKning 116-moddasi ilgari ma'muriy huquqbuzarliklarning beşta mustaqil tarkibini öz içiga olgan edi. Unga kiritilgan özgartirişlar va qöşimçalarning mohiyati quyidagilardan iborat:
a) ikkita tarkib dispozitsiyasiga tuzatişlar kiritildi.
MJTKning 116-moddasi 1-qismiga binoan jarima solinadigan qilmişlarning töliq röyxati, - aeroport, aerodrom ma'muriyatining ruxsatisiz pirotexnika buyumlarini yoqiş yoxud havo kemalarining uçişi uçun xavfli bölgan va parrandalarning köplab yiğilişiga sabab böluvçi obektlar quriş – ança umumiy bölgan formulirovka bilan almaştirildi. Natijada, aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid soladigan har qanday faoliyatni kelişilmagan holda amalga oşirganlik uçun javobgarlikka tortiladi.
Mast holdagi ekipaj a'zolarining havo kemasini boşqarişiga ijozat beriş bilan bir qatorda alkogolli içimlik, giyohvandlik moddasi ta'sirida yoki özgaça tarzda mastlik holatida bölgan şaxs tomonidan havo kemasini boşqaradigan yoxud tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaydigan şaxslarning özlari ham MJTKning 116-moddasi 5-qismiga binoan javobgarlikka tortiladi.
b) MJTKning 116-moddasi öz içiga olgan ma'muriy huquqbuzarliklarning barça tarkiblari böyiça sanksiyalar miqdori oşirildi.

v) huquqbuzarlikning qöşimça tarkibi kiritildi (MJTKning 116-moddasi 6-qismi)- Baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi ma'lumotlarni qasddan yaşiriş, xuddi şuningdek uşbu hodisa töğrisidagi axborotni qasddan buzib körsatiş, bortdagi va yerdagi obektiv nazorat vositalarining ma'lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan boğliq boşqa daliliy materiallarga qasddan şikast yetkaziş yoki ularni qasddan yöq qilib yuboriş. Bu holda jarima 50 dan 100 EKIHgaçani taşkil etadi.












