Özbekistonda amaldagi avtomobil raqamlarini kelajakda xalqaro namunadagi avtoraqamlarga almaştirişni nazarda tutuvçi transport vositalarini röyxatga oliş tizimi joriy etiladi. Bu prezidentning «Innovatsion loyihalarni amalga oşiriş va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalaşuvining taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, avtotransport vositalari uçun qoğozli hujjatlar bekor qilinadi, barça tegişli ma'lumotlar egalarining ID-kartalariga biriktiriladi.
2018 yil 1 iyulga qadar loyihani moliyalaştiriş böyiça takliflar kiritiladi, 1 avgustgaça uning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor böladi.
2018 yil 1 noyabrga qadar loyiha byudjyetdan taşqari mablağlar hisobidan Toşkent şahrida sinov rejimida işga tuşiriladi.
Şu bilan birga, xalqaro namunadagi avtoraqamlarga almaştiriş jarayoni aynan qaçon amalga oşirilişi aytilmagan. Prezident qarorida kelajakda raqamlarni almaştiriş böyiça şunday çora ham inobatga olinişi aytilgan.
















