Özbekiston Respublikasi Markaziy banki pul agregatlari dinamikasi haqida ma'lumot berdi.
Unga köra, yil boşidan beri muomaladagi naqd pullar 1 trln 200 mlrd sömdan köproqqa kamaygan. Ayni paytda milliy valyutadagi depozitlar va keng ma'nodagi pul massasi bazalari kengayişda davom etmoqda.
Qayd etiş joizki, keng ma'nodagi pul massasi öz içiga muomaladagi naqd pullarni, talab qilib olgunça, jamğarma va muddatli depozitlarni, tijorat banklari tomonidan çiqarilgan milliy valyutadagi qimmatli qoğozlarni (aksiyalardan taşqari) hamda xorijiy valyutadagi depozitlarni oladi.

















