Joriy yilning 19 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boşqarmasi tezkor xodimlari Boş prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining viloyat boşqarmasi xodimlari bilan birgalikda firibgarlik bilan boğliq jinoyatning oldini olişdi. Bu haqda “Özbekiston24” telekanalida namoyiş etilgan lavhada aytilgan.
Qayd etilişiça, maxsus xizmat xodimlari tomonidan Qöşköpir tumani hokimining çegara masalalari böyiça yordamçisi Umurbek Atanazarov fuqarolarni Janubiy Koreya davlatiga işga yuboriş uçun kömaklaşiş bahonasida aldov orqali ularning pullarini oliş bilan şuğullanib kelayotganligi aniqlandi.
Ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida Umurbek Atanazarov Janubiy Koreya davlatiga şartnoma asosida işga jönatiş uçun ikki nafar fuqarodan sakkiz ming AQŞ dollari olayotgan vaqtida qölga olindi. Dastlabki tergovoldi suriştiruvi vaqtida Umurbek Atanazarov şu vaqtga qadar 12 nafar fuqarodan jami 22 ming 400 AQŞ dollari olganligi ma'lum böldi.
Hozirda uşbu holat böyiça hokim yordamçisi Umurbek Atanazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.











