Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Muhammadkali Abilgaziyevni respublika boş vaziri lavozimiga tayinlaş töğrisidagi farmoniga imzo çekdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan.
«Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov Abilgaziyev Muhammadkali Duyşekeyeviçni Qirğiziston Respublikasi boş vaziri etib tayinlaş töğrisidagi farmonini imzoladi. Şu farmon bilan u avvalgi lavozimidan ozod etildi», deyilgan xabarda.
Prezident Abilgaziyev tomonidan taklif etilgan nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi a'zolari sifatida tasdiqlagan.
Juma kuni Qirğiziston parlamenti Abilgaziyevni mamlakat boş vazirligi uçun ma'qulladi. Yangi boş vazir taklifiga köra, hukumatning avvalgi a'zolarining köpçiligi öz örnini saqlab qolgan. Boş vazirning birinçi örinbosari lavozimiga Kubatbek Boronov (Sobiq FVV vaziri) tasdiqlangan. «Respublika - Ata-Jurt» partiyasi deputati Oltinoy Omurbekova Çolpon Sultonbekova örniga ijtimoiy masalalar böyiça boş vazir örinbosariga aylangan.
Şuningdek, Mudofaa vazirligiga respublika qurolli kuçlarining sobiq boşliği Erlis Terdikbayev rahbar bölgan. Taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev öz joyini saqlab qolgan. Soğliqni saqlaş vazirligi rahbarligiga Kosmosbek Çolponbayev kelgan, Iqtisodiyot vazirligiga Oleg Pankratov qaytgan, IIV rahbarligini bir neça oy oldin tark etgan Kaşkar Junuşaliyev qayta egallagan. Nurbolot Mirzaxmedov FVVga rahbar bölgan.
Abilgaziyev Sooronbay Jeenbekov boş vazirligida uning birinçi örinbosari bölgan. Jeenbekov prezident bölgaç, 2017 yil kuzida u prezident maslahatçisiga aylangan, keyinroq Qirğiziston prezidenti apparati rahbari bölgandi. U mustaqillikka erişganiga 27 yil bölgan respublikaning hisob böyiça öttizinçi boş vaziri hisoblanadi. Undan avvalgi boş vazir Sapar Isakov (Qirğiziston tarixidagi eng yoş boş vazir) bu lavozimda 7 oydan köproq vaqt böldi.

















