Prezident 16.04.2018 yildagi PQ–3668-son «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Norma’ning yozişiça, qömita huzuridagi jamoatçilik-maslahat organi hisoblangan Konfessiyalar işlari böyiça kengaşning yangilangan tarkibi tasdiqlandi (2004 yilda taşkil etilgan). Qömita raisi lavozimiga köra uning raisi hisoblanadi. Kengaş a'zolari – mamlakatimizda faoliyat yuritadigan diniy konfessiyalar vakillari soni 9 nafardan 17 nafarga köpaydi.
Kengaş jamoatçilik asosida Qömita tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat olib boradi. Uning asosiy vazifasi respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarning joriy holatini, şuningdek Markaz tomonidan tayyorlangan axborot-tahliliy materiallarning tegişli qismini doimiy ravişda muhokama qiliş va natijasiga köra Qömitaga tavsiyalar berişdan iborat.
Hujjat 18.04.2018 yilda kuçga kirdi.












