MDH davlatlari boş ştablari uçuvçisiz aviatsiyani qöllaş, jumladan unga qarşi kuraşiş sohasida hamkorlik qilmoqçi. Bu haqda Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi boşliği, mudofaa vazirining birinçi örinbosari, armiya generali Valeriy Gerasimov ştablar boşliqlari qömitasi yiğilişida aytib ötdi.

Qozonda ötgan yiğilişga Özbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Belarus vakillari kelişdi. 

Bundan taşqari, iştirokçilar yiğiliş davomida Suriyadagi aksilterrorçilik amaliyotida uçuvçisiz aviatsiyani qöllaş tajribasi haqidagi ma'lumotlardan boxabar bölişdi. Şuningdek, MDH davlatlari qurolli kuçlari aviatsiyasining 2017 yildagi parvozlari xavfsizligi holati tahlil qilindi.          

“Bugungi yiğiliş Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi formatidagi harbiy hamkorlik yaxşi istiqbollarga egaligini va keng kölamli yönalişlar böyiça muvaffaqiyatli hamkorlik qilişga imkon berişini yana bir bor isbotladi”, deb xulosa qilgan Gerasimov.