Meksikaning Leon-de-los-Aldama şahrida namoyişga olib kelingan UYeFA kubogi öğirlab ketildi. Biroq kubok köp ötmay Guanaxuatoda topildi va joyiga qaytarildi.
Ta'kidlanişiça, kubok uni namoyiş qiliş tadbiridan keyin avtomobildan öğirlab ketilgan. Politsiyaçilar bu haqda xabar olganlaridan keyin tezkorlik bilan harakat qilib, uni topa olişgan.
UYeFAning ta'kidlaşiça, kubokning originali ularda saqlanadi. Yevropa ligasida ğolib bölgan klublar kubokning nusxasini olişadi. Biroq ma'lumotlarga köra, Meksikaga kubokning aynan originali olib borilgan.












