Rossiya Dumasi a'zosi mamlakatga mehnat maqsadida kirib keluvçi xorijiy davlat, aynan sobiq Ittifoq fuqarolari suğurta polisi sotib olişi zarurligini ta'kidlamoqda. Parlamentariyning ta'kidlaşiça, polis tibbiy xizmat va migrant farzandlarning tahsil olişi uçun sarflanadigan mablağlarni qoplaşga yönaltiriladi. Şuningdek, vatanga deportatsiya qiliş çiqimi ham uşbu suğurta hisobiga kiritilişi mumkin.

Deputat Vitaliy Milonov sözlariga köra, bu vaziyatda migrantlardan olinadigan majburiy tibbiy suğurta polisi bekor qilinmaydi: çet eldan kirib keluvçi ajnabiy şaxs har ikki hujjatni rasmiylaştirişi lozim. Qonunçilikka taklif qilinayotgan özgartiriş amalda bölgan şartnoma va kelişuvlarga zid: Özbekiston fuqarolari suğurta polisini sotib olmay, Rossiyaga borişi mumkin.
«Migrant oilalarning farzandlari ta'lim olişi uçun davlat byudjyetidan pul sarflanmoqda. Bu adolatdan emas», deydi deputat.

Tuğruqxona, maktab va maktabgaça ta'lim muassasalariga Rossiya fuqarolaridan kam bölmagan miqdorda tölov amalga oşirilişi şart.

«Soliqlarni öz vaqtida tölab kelayotgan fuqarolarimiz ijtimoiy xizmatlardan tölaqonli foydalana olmayapti», deydi Milonov.

Ma'lum qilinişiça, qöşimça suğurta polisi joriy etilgan taqdirda, oğir mehnat şaroitida faoliyat olib borayotgan yoş oila vakillari tölovni nisbatan köproq amalga oşiradi. Birinçidan, yoş ayol tuğruqxona xizmatidan foydalanişi mumkin, ikkinçidan, oğir mehnatda işçining jarohat oliş xavfi yuqori böladi. Şunga köra, suğurta polisining narxi xorijiy mamlakat fuqarosining jinsi, yoşi, Rossiyaga keliş maqsadi va muddati bilan farqlanişi mumkin.

Deputat hozirça migrantlar Rossiyadan çiqib ketişida, ularga qança tovon tölanişi haqida aniq tuşunçaga ega emas. Bundan taşqari, migrantlar patent uçun pul tölaydi, xarajatlar hududlarga qarab özgarib turadi.

Vaziyatga boşqa köz bilan qaraganda, xorijiy fuqaro Rossiyaga köçib kelişi bilan töqnaş keladigan ilk muammo - yaşaş joyida röyxatdan ötişi. Bunday hujjatsiz patent ham, suğurta ham olişning imkoniyati yöq. Mantiqan öylab qaraganda, röyxatga qöyiş va patent masalasi iş beruvçining (yoki RFga kelişga taklif qilgan xonadon egasi) zimmasida, ammo migrantlar avvaldan mehnat şartnomasini imzolamasdan (keyin ham bunday şartnoma tuzilmaydi) RFga kelişi vaziyatni çigallaştiradi. 

Mehnat muhojiri sifatida Novosibirskka borgan özbekistonlik muhojirning aytişiça, migrantlar har oyda taxminan 3500 rubl patent uçun tölovni amalga oşiradi. Şuningdek, «çöziluvçi» ijara xonadon uçun har oyda bir marta 2500 rubl, rus tilini bilmagan patentga talabgorlar esa 5000-10000 rubl pora «uzatişadi». Patent oliş uçun tibbiy körikdan ötiş lozim, navbatsiz va tezkor hujjatlar uçun Rossiyaning bepoyon hududida işlaşni juda istagan muhojir 7-10 ming rubl pora berişga ham tayyor. Hammasi bölib, bir parça (va yöqotib qöyiş aslo xuş körilmaydigan) qoğoz uçun 35 ming rublgaça pul ketişi mumkin.