Amerikaning Time jurnali yilning eng nufuzli kişilari reytingini taqdim etdi. Jurnal 100 nafar nufuzli kişini toifalar böyiça taqsimladi — "Novatorlar", "San'at arboblari", "Yetakçilar", "Kumirlar" va "Titanlar".

"Yetakçilar" orasida AQŞ prezidenti Donald Tramp, Britaniya şahzodasi Harri va uning bölajak turmuş örtoği amerikalik aktrisa Megan Markl, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, XXR raisi Si Tszinpin, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In, Yaponiya boş vaziri Sidzo Abe, Janubiy Koreya prezidenti Mun Çjye In, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon, Kanada boş vaziri Jastin Tryudo, Argentina prezidenti Maurisio Makri, Iroq boş vaziri Haydar Al-Abadiy, Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva, maxsus prokuror Robert Myuller, Microsoft boş direktori Satya Nadella, London meri Sodiq Xon va boşqalar nomi keltirilgan.

Foto: Time.com

"Titanlar" röyxatida dunyoning birinçi raketkasi şveysariyalik Rojyer Federer, amerikalik teleboşlovçi Opra Uinfri, Amazon onlayn-reteyleri asosçisi va rahbari milliarder Jyeff Bezos, SpaceX egasi işbilarmon Ilon Mask va boşqalar qayd etilgan.

Foto: Time.com

"Novatorlar" toifasida amerikalik komik aktrisa Tiffani Xadiş, NASAning ayol-astronavti Peggi Uitson, janubiy afrikalik komik Trevor Noy va boşqalar nomi keltirilgan.

Foto: Time.com

"San'at arboblari" orasida jurnal aktrisa Nikol Kidman, aktyor Xyu Jyekman, amerikalik kinorejissyor va ssenariynavis Rayan Kugler, kanadalik qöşiqçi Şon Mendes va boşqa san'at arboblarining nomlari qayd etilgan.

Foto: Time.com