AQŞ prezidenti Donald Tramp yana Buyuk Britaniyaga amaliy taşrif bilan boriş haqida öylay boşladi, garçi u avval uşbu ğoyadan voz keçgandi. Bu haqda Daily Mail öz manbalariga asosan yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga köra, Qöşma Ştatlar yetakçisi iyul oyi örtalarida taşrif bilan keliş va Britaniyada bir neça kun davomida qolişni möljallamoqda. Kutilişiça, u boş vazir Tereza Mey, şuningdek qiroliça Yelizaveta II yoki qirollik oilasining boşqa a'zosi bilan uçraşadi.
Taşrifning aniq muddati hali belgilanmadi, biroq Tramp 11 va 12 iyul kunlari Bryusselda bölib, NATO sammitida qatnaşadi. Şundan söng u, katta ehtimol bilan, Londonga jönab ketadi.
Gazetaning eslatişiça, Tramp Britaniyaga taşrif borasida öz fikrini bir neça marta özgartirgan. Xususan, yanvarda u mamlakatga fevral oyiga rejalaştirilgan taşrifini bekor qilgandi.












