Turkiyaga birinçi navbatda strategik hamkorlaridan tahdid solinmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. Erdöğan bunda suriyalik kurdlar mudofaa kuçlariga harbiy yordam körsatayotgan AQŞni nazarda tutgan.
“Tahdid qayerdan bölmoqda? U birinçi nabatda strategik hamkorlarimiz tomonidan solinmoqda. Biz pullarimizga AQŞdan qurol sotib ololmaymiz, biroq afsuski, AQŞ va koalitsiya terrorçilik taşkilotlariga qurol va öq-dorilarni bepul bermoqda”, deb aytgan Erdöğan NTV telekanaliga bergan intervyusida.
Uning aytişiça, AQŞ Suriya şimoliga 5 mingta yuk maşina qurol jönatgan va bu Turkiyaga bevosita xavf soladi.
Erdöğan AQŞni, şuningdek, muxolifatçi Fathulla Gulenni topşirişdan boş tortayotgani uçun tanqid qilgan.
“AQŞ amerikalik pastor Branson ozodlikda bölişini istasa, qabul qilgan qadamlariga nazar taşlaşi va ekstraditsiya haqidagi kelişuvga rioya qilişi lozim”, deb ta'kidlab ötgan Erdöğan AQŞning Bransonni ozod qiliş iltimosi noqonuniyligini qöşimça qilib.
Gap Turkiyada hibsda uşlab turilgan amerikalik pastor Endryu Branson haqida ketmoqda. Ta'kidlanişiça, u terrorçilik guruhi a'zosi hisoblanadi. Turkiya prokuraturasi 50 yoşli Bransonga 35 yillik qamoq jazosi berilişini söramoqda.












