«Roskontrol» «uçtasi birda» deb sotiluvçi yettita brenddagi qahvani tadqiq etib, bunday mahsulotlar içida amalda qahva yöqliginini aniqladi. Bu borada ötkazilgan tadqiqot haqida taşkilot saytida xulosa e'lon qilingan.

Mutaxassislar «BonKafe Classic», «Petrovskaya Sloboda», Jacobs, Express coffee mix plus+, MacCoffee, Nescafe «Klassik» va Clever kabi mahsulotlarni tekşiruvdan ötkazişgan. Uşbu qahvalar tarkibida asosiy qöşimça şakar bölib, uning omixtadagi uluşi 42 foizdan 72 foizga bölgan, qahva esa 15 foizdan ham oşmas ekan.

«Uçtasi birda» qahvasi şirin va tez eruvçi içimlikni sevuvçilar uçun maksimal qulay formatda tayyorlangan körinişidir. Uning tarkibi oddiy: eruvçan qahva, şakar va quruq sut yoki ayrimlarida qaymoq (aslida, qaymoq örniga mutlaqo boşqa narsa solinar ham ekan).

Barça namunalarda tabiiy quruq sut örniga uning örnini bosuvçi sun'iysi işlatilgan. Faqat bir işlab çiqaruvçi tabiiy toza quruq sut işlatilganini da'vo qilgan, biroq tadqiqot asnosida uning izi ham topilmagan.

Tekşiruv natijasida faqat «BonKafe Classic» «Roskontrol»ning qora röyxatidan örin olgan. Bunga sabab qilib, tarkib yozuvidagi çalkaşliklar va zararli transyoğlar miqdori katta ekanligi aytilmoqda. Jacobs, Express coffee mix plus+ va Nescafe «Klassik» e'tirozli mahsulotlar röyxatiga kiritilgan. «Petrovskaya sloboda», MacCoffee va Clever xarid uçun tavsiya etilgan mahsulotlar bölib çiqdi.

Bunday içimlik kişiga xuş kayfiyat ato eta oladimi?

Laboratoriya şaroitlarida namunalar tarkibidagi kofein foizi ham aniqlangan. U Jacobs tarkibida eng köp ekan — 0,5 foiz. Keyingi örinlarda Express coffee mix plus+, Nescafe «Klassik», Clever — 0,4 foiz. «BonKofe» va «Petrovskaya Sloboda»da yanada kamroq — 0,3%. Röyxatni MacCoffee The original coffee mix 0,2 foiz kofein bilan yakunlab bergan.

Kofein miqdorining mavjudligiga qarab ekspertlar tabiiy qahva qança miqdorda iştirok etganiga baho berişdi. MacCoffee The original coffee mixda uning miqdori 10 foizdan kam, «BonKafe» va «Petrovskaya sloboda»da 10 foizdan, qolgan namunalarda 15 foizdan. Markirovkada tabiiy qahvaning miqdori foizlarda körsatilmagan.

Xöp, içsa böladimi?

Nihoyat, xaridorlar uçun öta muhim savol yuzaga çiqmoqda: bunday qahvali içimlikni içiş neçoğliq yoqimli?