"Öztöqimaçiliksanoat" assotsiatsiyasida Özbekiston-Germaniya hamkorligidagi "Yevropa bozori uçun töqimaçilik mahsulotlari sertifikatsiyasi" mavzuida seminar bölib ötdi. Tadbir sohada zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etiş, taşqi bozorda mahalliy töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarining raqobatbardoşligini oşiriş hamda ularning Yevropa bozorlariga çiqişini soddalaştiriş masalalariga bağişlandi. Assotsiatsiya matbuot kotibi KUN.UZ'ga şu haqida xabar berdi.
"Öztöqimaçiliksanoat" assotsiatsiyasining FI Hohenstein (Germaniyaning Xoxenştayn tadqiqot instituti) bilan hamkorlikda taşkil etilgan anjumanida Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatsiya agentligi boş direktori örinbosari Muzaffar Xamzayev, vazirlik va idoralar vakillari, şuningdek Özbekistonning tekstil kompaniyalari vakillari iştirok etişdi.

Seminar davomida "Öztöqimaçiliksanoat" assotsiatsiyasi raisi I.U.Haydarov respublikada sifatli töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarining keng assortimentini işlab çiqariş, şuningdek mahalliy işlab çiqaruvçilarning eksport salohiyatini oşirişga yönaltirilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilayotganini ta'kidladi.
Ötgan davr mobaynida Özbekistonda soha rivoji uçun zarur huquqiy baza va qulay şaroitlar şakllantirildi. Şunday bölsa-da, mahsulotlar sinoviga yönaltirilgan laboratoriyalarning past samaradorligi va ularning aksariyatida xalqaro akkreditatsiyalarning yöqligi eksport salohiyatini oşirişga tösqinliq qilmoqda.

Şuningdek milliy standartlarni xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş va sifat menejmentiga zamonaviy tizimlarni keng tatbiq qiliş mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoşligini oşirişga va taşqi savdodagi tösiqlarni bartaraf etişga yordam beradi.
Seminarda Germaniyaning Xoxenştayn tadqiqot instituti asosçisi va prezidenti Stefan Mixels taqdimot bilan iştirok etdi.












