Farğona viloyati bojxonaçilari boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda Oltiariq tumani hududida ötkazilgan tezkor tadbir davomida respublikaga köp miqdordagi tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirilişining oldini olişdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bergan.

Fuqaro D.A. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşina kuzatuvga olinib, Börbaliq qişloği hududida töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilganida avtomaşinaning saloni va yukxonasida muqaddam Qirğiziston Respublikasidan bojxona nazoratini çetlab, aylanma yöllar orqali olib kirilgan, xorijda işlab çiqarilgan, umumiy qiymati 68.250.000 sömlik,  9750 quti “Milano” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.